Peterburgdagi Strelna qishlog‘ida O‘zbekiston fuqarosi taksi haydovchisi bo‘lgan qizni zo‘rladi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Foto: Google Photos

Rossiya federal yangiliklar agentligi axborotiga ko‘ra, 13-noyabr kuni soat 02:00 da shu qishloqda joylashgan shaxsiy uyda o‘zbekistonlik 1984-yili tug‘ilgan fuqaro kuch qo‘llab, 1982-yili tug‘ilgan kirakash qizni zo‘rlagan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari jabrlanuvchining shikoyati asosida qonunbuzarni ushladi.