60 yildan buyon ilk bor Jahon Chempionatidan chetda qolgan Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampyero Ventura iste’foga chiqarildi.

Foto: Getty Images

180 daqiqa davomida Shvetsiya darvozasiga yo‘l topa olmagan Italiya, 1958-yildan buyon ilk marta mundialdan chetda qoldi

Ventura jamoani Yevro—2016 yakuniga yetgach, Antonio Kontedan qabul qilib olgandi. Shundan keyin Italiya JCh—2018 saralashida Ispaniya bilan, pley-off bosqichida esa Shvetsiya bilan raqobatlasha olmadi va Rossiya mundialida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Shvetsiyaga qarshi Milan shahrida o‘tgan alamli o‘yindan so‘ng 1997-yildan buyon Italiya terma jamoasi safida o‘ynab kelayotgan darvozabon Janluiji Buffon termadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu qarorga jahonning eng yaxshi posbonlaridan biri ko‘zlaridagi yosh bilan keldi.

Foto: Getty Images

Men terma jamoani tark etyapman va uni yosh futbolchilarga qoldiryapman. Italiya futbolining kelajagi bor. 10 yil davomida terma libosida Bardzali, Bonuchchi, Kyellini, De Rossi bilan birga o‘ynadik. Bugun ular ham terma jamoadagi so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Janluiji Buffon, “Yuventus” darvozaboni

Foto: Google Images

Buffon “moviy gvardiyachilar” uchun 174 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 140 ta gol o‘tkazib yubordi. U Italiya bilan 2006-yil jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 2012-yilda esa Yevropa Chempionatida finalga qadar yetib bordi.

Foto: Getty Images

Yuqorida ta’kidlanganidek, Buffon qatorida Daniele De Rossi, Jorjo Kyellini, Leonardo Bonuchchi, Andrea Bardzali kabi futbolchilar ham Shvetsiyaga qarshi o‘yinda o‘zlarining Italiya termasi safidagi so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images