Jampyero Ventura murabbiylik qilgan Italiya terma jamoasi JCh—2018 chiptasini qo‘lga kirita olmadi. Bu hol 1958-yildan buyon ilk marta kuzatildi.

Foto: Getty Images

Italiya saralash bosqichida ispanlar bilan bir guruhdan joy olgan bo‘lib, yakunda faqatgina pley-offdan umid qilishiga to‘g‘ri kelgandi. Bu bosqichda Skuadro Adzurro Shvetsiya bilan to‘qnash keldi. Tomonlarning to‘rt kun avval bo‘lib o‘tgan birinchi to‘qnashuvida shvedlar minimal hisobda ustun keldi. Milan shahridagi javob o‘yinida esa hisob ochilmadi — 0:0.

Italiya JCh—2018 dan chetda qolishi mumkin. Skuadro Adzurro pley-offda Shvetsiyadan yengildi

Shu tariqa, 180 daqiqa davomida shvedlar darvozasiga gol ura olmagan Italiya termasi mundialdan chetda qoldi. “Moviy gvardiyachilar” so‘nggi bor 1958-yil Jahon Chempionatiga chiqa olmagandi. Qiziq tomoni, o‘sha mundialga aynan Shvetsiya mezbonlik qilgan. Oradan deyarli 60 yil o‘tib, shvedlarning o‘zi Italiya yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ldi.

Shvetsiya terma jamoasi 1 ta saralash siklida JChning 3 ta finalchisi bilan to‘qnash kelgan jamoaga aylandi. Guruh bosqichida ular Fransiya va Gollandiya bilan kurash olib bordi. Aslida mazkur ikki terma favorit sifatida e’tirof etildi. Shvedlar esa zonani Fransiyadan keyin 2-o‘rinda yakunladi. Va mana endi, Italiya ortda qoldirildi.

Shvetsiya so‘nggi bor Germaniyada o‘tgan 2006-yilgi mundialda to‘p surgan bo‘lib, JAR—2010 va Braziliya—2014 ular uchun armonga aylangandi. Shu tariqa Shvetsiya futbolining yorqin figurasi bo‘lgan Zlatan Ibrahimovich ketma-ket ikki mundialda ishtirok eta olmadi. Ibrahimovich terma jamoadagi faoliyatini yakunlagach, Shvetsiya Jahon Chempionatiga qaytdi.

JCh—2018

Pley-off

13-noyabr, dushanba

Italiya — Shvetsiya 0:0

Dastlabki o‘yin: 0:1

14-noyabr, seshanba

Irlandiya — Daniya (0:0)

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan mamlakatlar: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama, Senegal, Marokash, Tunis, Shveysariya, Xorvatiya, Shvetsiya.