Toshkent viloyatining Angren shahrida birovning uyiga o‘g‘rilikka tushgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.
Aytilishicha, uy bekasi, 1960-yilda tug‘ilgan Mavluda Alimboyevaning (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyiga noma’lum shaxs kirib, xonadondan umumiy narxi 14 million atrofida bo‘lgan gilam va kiyim-kechak o‘g‘irlab ketgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatni uy bekasi, 1972-yilda tug‘ilgan Ilmira Shermatova sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atildi.