JCh—2018 chiptasini pley-off orqali hal qilishi kerak bo‘lgan Italiya terma jamoasi dastlabki uchrashuvda Shvetsiyaga imkoniyatni boy berdi — 0:1.
Stokgolmda kechgan bellashuvda Yakob Yuxansson tomonidan urilgan gol o‘z yagonaligini saqlab qoldi. Endi Italiya terma jamoasi 13-noyabr kuni Milan shahrida bu mag‘lubiyatni yo‘qqa chiqaruvchi g‘alabaga erishishi kerak bo‘ladi.
Mundial saralashi davomida italiyaliklar Ispaniya bilan raqobat qila olmay, guruhda 2-o‘rinni egallagandi. Shvetsiya termasi joy olgan guruhni esa Fransiya peshqadam sifatida yakunlagan, shvedlar Gollandiya bilan raqobatda yutib chiqqani uchun ham pley-offga yo‘llanma olgandi.
Bugun — 11-iyun kuni Yevropa pley-offining so‘nggi juftligi doirasida Daniya Irlandiyani qabul qiladi. Bungacha xorvatlar Gretsiya ustidan 4:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Shveysariya Shimoliy Irlandiyadan minimal hisobdagi g‘alaba bilan qaytib kelgandi — 1:0.
Xorvatiya va Shveysariya JCh-2018 yo‘lida Gretsiya va Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etdi
JCh—2018 Pley-off 10-noyabr, jumaShvetsiya — Italiya 1:0
Gol: Yakob Yuxansson, 61 (1:0).JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama, Senegal.