Yaponiyaning FutureModel kompaniyasi NichePhone-S smartfonini chiqardi. Uning hajmi kredit kartasidan biroz katta, vazni esa 38 gramm, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
NichePhone-S’ning o‘lchami — 90 x 50 millimetr, qalinligi — 6,5 mm.
Smartfon ikki yadroli MediaTek MT6572A protsessori hamda Android 4.2 Jelly Bean operatsion tizimida ishlaydi.
Gadjet displeyi oddiy monoxromli bo‘lib, 128 x 64 piksel o‘lchamga ega. Batareya sig‘imi — 550 mA/soat bo‘lib, bu 72 soatlik avtonom ishlash yoki uch soat tinimsiz gaplashish uchun yetarli.
Izoh (0)