“Barselona” va Ispaniya terma jamoasidagi o‘yinlari orqali millionlab muxlislar qalbidan joy olgan Karles Puyol 9-noyabr kuni Toshkentga tashrif buyurib, “Bunyodkor” akademiyasida yosh futbolchilar uchun master-klass o‘tkazib berdi.

Foto: “Paxtakor”

Karles Puyol tushadigan “Paxtakor” — “Olmaliq” o‘yiniga talabalar majburan jalb qilinayotgani aytildi

Kechga tomon u “Paxtakor” stadioniga tashrif buyurib, mezbonlarning “Olmaliq”qa qarshi uchrashuvini tomosha qildi. O‘yin oldidan esa stadionga kelgan futbol muxlislariga sovg‘alar ulashdi.

“Sports.uz” nashri Karles Puyolning “Paxtakor”ga kelishi va stadion tomon oshiqayotgan muxlislar ijrosida lavha tayyorladi. Bunda “Sports.uz” “Karles Puyol bilan ham stadionni to‘ldira olmadik”, — sarlavhasi bilan chiqish qilgan.