Moskva katta teatri sobiq baletmeysteri Stanislav Vlasov 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Kiprda istiqomat qilib kelgan Vlasov infarktni boshdan kechirdi. Dastlab davolanish sug‘urta hisobidan qoplandi, keyinchalik artist o‘zi mablag‘ topishiga to‘g‘ri keldi. Moddiy muammolar tufayli baletmeyster shifoxonadan chiqdi, uning rafiqasi esa “Birinchi kanal”ga murojaat qilib, erini davolanish uchun Moskvaga olib kelishni so‘radi.
Shundan so‘ng Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 7-noyabr kuni artistni Moskvaga olib keldi. Buning uchun Kiprga maxsus tibbiy bort jo‘natildi. Vlasov Sechenov nomli Birinchi tibbiy universitet reanimatsion shifoxonasiga yotqizildi.
Ko‘rilgan choralarga qaramay, keksa erkak olamdan o‘tdi.
Izoh (0)