Olmaotalik jarrohlar o‘simta kasalligi tufayli tilining katta qismini yo‘qotgan mijozning ushbu a’zosini almashtirish bo‘yicha noyob operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
60 yoshli erkak qo‘lining tirsagidan pastroq qismidan yangi til yasab qo‘yildi.
Operatsiya sakkiz soat davom etdi. Uning davomida inson sochidan yupqa tomirlarga o‘ntagacha chok tushirildi.
“Shu tariqa shakllangan, yangi ishlaydigan til yasaldi, u mijozga kelajakda yaxshi yutish, ovqatlanish va gaplashish imkonini beradi”, — dedi onkologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Dauren Adilbay.
Uning so‘zlariga qaraganda, institutda har yili 30 tagacha shunday operatsiya o‘tkaziladi.
Izoh (0)