Xitoyning elektrokarlar ishlab chiqaruvchi Nio kompaniyasi Tencent telekommunikatsion giganti va hamkorlaridan 1 milliard dollar mablag‘ jalb qildi. Bu haqda “VC.ru” xabar bermoqda.
Investitsion raund chog‘ida kompaniya bahosi 5 milliard dollarga yetdi. Uning investorlari qatoriga, shuningdek, AQShning Lone Pine Capital xej-fondi va Xitoyning CITIC Capital inveskompaniyasi kirdi.
Nio vakillari bu borada izoh berishdan bosh tortdi.
Nio ES8 nomli birinchi ommabop elektrokar dekabr oyining o‘rtalarida chiqarilishi kutilmoqda. Oldinroq kompaniya vakillari ES8 yo‘ltanlamasi Tesla Model X bilan raqobatga kirishishi va past narxda sotilishini bildirgan edi. 2020-yili kompaniya AQSh bozoriga Nio Eve avtonom boshqariluvchi mashinasini olib kirmoqchi.
Izoh (0)