Taniqli Gollivud aktyori Jorj Kluni kinokaryerasi yakunlanganini ma’lum qildi. U kinodan vaqtincha emas, butunlay ketishini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

“Men uzoq muddat kinoda bosh rollarni ijro etdim. Men 56 yoshdaman, qizlar bilan tanishish uchun kinoda tushishga ehtiyojim yo‘q! Bu ishni qilishimga hojat ham yo‘q!”, — dedi aktyor.

Kluni, shuningdek, ayni paytda pulga ham muhtojligi yo‘qligini va bamaylixotir ishlardan uzoqlashishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Men yashashga pul topish uchun aktyorlik kasbi bilan shug‘ullandim. Ammo do‘stim bilan tekila ishlab chiqaruvchi kompaniyani milliard dollarga sotganimizdan so‘ng ortiq pulga ehtiyojim yo‘q”, — ta’kidladi u.