Rossiyaning Yaroslavl viloyatida “Oltin halqa” bo‘ylab safar qilayotgan yekateringburglik yo‘lovchilar bo‘lgan ekskursiya avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Rostov viloyati kasalxonasi bosh vrachi Natalya Ovechkinaga ko‘ra, avariyadan so‘ng 15 bola va ikki katta yoshli odam, jami 17 kishi kasalxonaga yotqizildi.
“Avtobus haydovchisi og‘ir holatda. Qolganlar o‘rta darajada jarohat olgan” — dedi Natalya Ovechkina.
Avtobusda 44 kishi bo‘lgani, ulardan 38 nafari bolalar ekanligi bildirilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya yuk mashinasi haydovchisi aybi bilan sodir bo‘ldi.
Izoh (0)