7-noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qnashgan mashinalardan birining haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Xabarnomada aytilishicha, 7-noyabr kuni tungi soat 03:30 larda Olmazor tumanidagi Shifonur va Qoraqamish ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi — 1968-yilda tug‘ilgan erkak kishi xushyor holatda Nexia rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, mast holatdagi haydovchi — 1991-yilda tug‘ilgan erkak kishining boshqaruvidagi Spark avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi.
To‘qnashuv natijasida Nexia haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etdi.
Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)