Londonda 6-noyabr kuni 2017 World Tourism Award mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Turizm sohasining ushbu nufuzli mukofoti Ruanda prezidenti Pol Kagamega topshirildi, deb xabar beradi Independent Uganda.
Tashkilotchilarning fikricha, Kagame ushbu mukofotga munosib ish qilgan.
“U yarashuv siyosatini yuritdi, turizmni qo‘llab-quvvatladi, yovvoyi tabiatni muhofaza qildi, iqtisodiy rivojlanishga e’tibor berdi, buning natijasida mehmonxonalarga investitsiyalar kiritildi, Ruanda Afrikadagi yetakchi turistik yo‘nalishlardan biriga aylandi”, — deyiladi yutuq formulirovkasida.
2010-yildan buyon Ruandaning turizmdan oladigan daromadi ikki barobarga o‘sib, yiliga 200 million dollardan 400 million dollarga yetdi. 2016-yili mamlakatga 1,3 million kishi tashrif buyurdi.
Kagame turizm o‘sishida RwandAir aviakompaniyasining rivojlanishi muhim rol o‘ynaganini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, mamlakat bilan Marriott va Radisson Blu singari yetakchi mehmonxona tarmoqlari hamkorlik qilmoqda. 2017-yili World Travel Awards tashkilotchilari Ruandani Afrikadagi eng asosiy turistik yo‘nalish deb tan oldi.
Izoh (0)