Eksklyuziv giperkarlar ishlab chiqaruvchi Shvetsiyaning Koenigsegg kompaniyasi seriyali avtomobillar uchun tezlikning yangi rekordi o‘rnatilganini ma’lum qildi. Bu haqda Motor Authority xabar bermoqda.

Koenigsegg Agera RS avtomobili AQShning Paramo shahridagi trassaning yopiq qismida ikkita urinishda soatiga o‘rtacha 447 kilometr tezlikka erishgan. Mashina ikki turbinali, besh litr sig‘imli dvigatel bilan jihozlangan, uning quvvati 1360 ot kuchiga teng. Avtomobilni kompaniyaning sinovchi haydovchisi Niklas Lilya boshqargan.

Foto: Motor Authority

Foto: Motor Authority

Seriyali avtomobillarning tezligi bo‘yicha avvalgi rekord 2010-yilda Bugatti Veyron Super Sport giperkarida o‘rnatilgan. U soatiga 431 kilometr tezlikni qayd etgan.