6-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistonining Maslahatlashuv kengashi (parlamenti) a’zosi, Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ahmad bin Muhammad Abush al-G‘omidiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash istiqbollari nuqtayi nazaridan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda 2017-yil 21-may kuni ar-Riyod shahrida arab – musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saud bilan uchrashuvi o‘zaro muloqotini chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bergani qayd etildi.
Uchrashuv davomida ikki tomon kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)