Fransiya chempionligi uchun kurash olib borayotgan 4 ta klubning barchasi kamida 5 ta gol farqi bilan zafar quchdi. 12-turda yetakchilar qanday natija qayd etgani quyida ko‘rsatilgan.
Turning diqqatga molik voqeasi “Joffrua Gishar” stadionida yuz berdi. “Sent-Etyen” muxlislari 1 ta chetlatish va raqibning 4 ta goliga zo‘rg‘a chidab turgandi. Nabil Fekir o‘zining ikkinchi, jamoasining beshinchi golini Messi uslubida nishonlaganidan so‘ng, ular junbushga keldi.
Getty Images suratlaridan ko‘rish mumkinki, fanatlar Fekir futbolkasini yechib, uni qo‘liga olishi bilan maydonga birin-ketin yugurib chiqishni boshlagan. Natijada bosh hakam uchrashuvni kamida 40 daqiqa to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi.
Toki maxsus xizmatlar vaziyatni bartaraf etib, stadionni tinchitmagunicha, futbolchilar maydonga qo‘yilmagan. Voqeadan shokka tushib qolgan Nabil Fekir murabbiy tomonidan darhol almashtirildi. Uchrashuvning qolgan 10 daqiqasini Jordan Ferri davom ettirdi.
Fransiya Futbol Uyushmasi mavjud vaziyatni o‘rganib chiqib, mezbonlarga nisbatan jazo chorasi belgilaydi.
Fransiya. Liga 1 12-tur o‘yinlari 4-noyabr, shanba
Izoh (0)