Germaniyada 15 mingdan ortiq dizelli avtomobillar egalari Volkswagen avtomobilsoz konserni ustidan sudga shikoyat qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Konsern anchadan beri mashinalarning zararli chiqindi chiqarish ko‘rsatkichlarini buzib ko‘rsatish bilan bog‘liq janjal markazida turibdi. Yangi sud da’vosi ham aynan shu masalaga bog‘liq. Avtomobil egalari kompaniyani ma’lumotlarni soxtalashtirishda ayblamoqda. Ularning dizelda ishlovchi mashinalari atmosferaga chiqaradigan zararli chiqindilari miqdori datchiklarda pasaytirib ko‘rsatilishi ekologiyaga jiddiy zarar keltirganligi ta’kidlanmoqda.
Kollektiv da’vo Braunshveyg okrug sudiga 15374 kishi nomidan kiritildi. Ularning manfaatlarini “Myright.de” yuridichek firmasi himoya qilmoqda.
Talab etilayotgan tovon pulining umumiy miqdori 350 million yevrodan oshadi. Da’vogarlar ular “ikkinchi toifa mijozlar” emasligini, AQShda bo‘lgani kabi, ularning ham huquqlari himoya etilishi lozimligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)