IShID terrorchi guruhi Yamanning Adan shahrida politsiya idorasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda, Al Jazeera telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Muqaddam xabar qilinganidek, minalashtirilgan avtomobil Xormaksar shahridagi IIV jinoiy qidiruv boshqarmasi binosi oldida portlatib yuborildi.
Hujum oqibatida besh nafar zobit halok bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)