Taniqli kulgi ustasi Obid Asomov “Istiqlol san’at saroyida “Sizlarni sog‘indim” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi. Konsert 28—29—30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda qiziqchi o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram/@asomov_obid

Konsert bannerida dastur jonli ijroda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan. Obid Asomov mazkur holatni “Bunisi ‘Nima uchun konsert fonogrammada bo‘ladi?’ deb qiynalayotganlarni xotirjam qilish uchun”, — deya izohlaydi.