Finlyandiyaning Espu shahrida yashovchi kishi Airbnb sayti orqali sayyohlarga itning sobiq inida tunni o‘tkazishni taklif qildi. Itning uyi maydoni uch kvadrat metr bo‘lgan mehmonxonaga aylantirildi. TJournal mazkur kichik mehmonxonaning suratlarini taqdim etdi.
Kichik mehmonxona xususiy uyning bog‘ida joylashgan, u isitish va yoritish tizimi bilan jihozlangan. Uning ichida tik turib bo‘lmaydi, uxlash uchun esa yerdagi matras taklif qilinadi. Hojatxonadan, dushdan yoki kir yuvish mashinasidan foydalanish uchun mehmon uyga borishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)