O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Osiyo Chempionlar Ligasining final uchrashuvini boshqaradi. Bu haqdagi xabar “Championat.asia” nashrida ko‘rinish berdi.

Foto: O‘FF matbuot xizmati

Finalga qadar Yaponiyaning “Urava Red” hamda Saudiyaning “Al-Hilol” klublari yetib keldi. Chempionlar Ligasi reglamentiga ko‘ra, final uy va safar o‘yinlaridan iborat bo‘ladi. 18-noyabr kuni tomonlar Ar-Riyodda to‘qnash kelsa, oradan 7 kun o‘tib 25-noyabr kuni Yaponiyadagi “Saitama” stadioni takroriy finalga mezbonlik qiladi.

Ravshan Ermatov Yaponiyadagi takroriy o‘yinni boshqaradigan bo‘ldi. Ummonlik Adham Mahkamdeh esa Saudiyadagi bellashuvga boshchi etib tayinlangan.

“Urava Red” Chempionlar Ligasining yarim finalida o‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov to‘p suradigan “shanxay SIPG” jamoasini ortda qoldirgandi.

Odil Ahmedov Jahon Chempionatida o‘ynamaydi. “Shanxay SIPG” OChL finaliga chiqa olmadi

Avvalroq O‘zbekiston Oliy Ligasining 26-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin — “Paxtakor” — “Bunyodkor” uchrashuvi Ravshan Ermatovga berilmay, hakam Farg‘onadagi “Neftchi” — “Qizilqum” o‘yiniga jo‘natib yuborilgan, Toshkent derbisi esa hakamlarning qo‘pol xatosi va uchrashuv natijasiga ta’sir etishi bilan yodda qolgandi. Mana shunday paytda OFK Ermatovni qit’a klublarining eng nufuzli futbol turniri hisoblangan Chempionlar Ligasining finaliga tayinladi.

Oddiy xatolari uchun 6 hakamni futboldan chetlatgan O‘FF, “Paxtakor”ga g‘alaba keltirgan hakamlar masalasini ochiq qoldirmoqda