Toshkentning “Paxtakor” klubi O‘zbekiston Oliy Ligasining so‘nggi ikki turida bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Foto: O‘FF

25-turni Buxroda o‘tkazgan “paxtakorchilar” mezbonlar ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuv vaqtidagi voqealar sabab yakunda “Buxoro” klubi 55 million so‘m jarimaga tortildi. Bunda bosh hakam Sherzod Qosimovning mezbonlar darvozasi tomon belgilagan penaltisi bir necha bor muhokama qilingan bo‘lsa-da, O‘FF Hakamlar Qo‘mitasi uning hakamligini hozirgacha ko‘rib chiqmadi.

Vaholanki, aynan “Buxoro” stadionida kechgan “Buxoro” — “Dinamo” o‘yini hakami Rustam Bobomurodov deyarli shunday xatosi sabab 2 kun ichida futboldan umrbod chetlashtirilgandi. “Paxtakor” g‘alabasiga sabab bo‘lgan penalti tayin qilgan Sherzod Qosimovning bahsli qarorlari o‘rganib chiqildimi yoki yo‘q — O‘FF aniq ma’lumot bermagan.

Futboldan chetlashtirilgan hakam Rustam Bobomurodov o‘yinni halol boshqargani haqida aytdi, u tushkunlikda

Avvalroq O‘FF Hakamlar Qo‘mitasi boshlig‘i Noil Lutfulin o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgani aytilgandi. Lutfulin rahbarligida 26-turga hakamlar tayin qilingan bo‘lib, mamlakatning eng oldi referisi Ravshan Ermatov Farg‘onadagi oddiy o‘yinga jo‘natib yuborilgan bo‘lib, ko‘pchilik kutayotgan “Paxtakor” — “Bunyodkor” o‘yiniga Aziz Asimov tayinlangandi. Uchrashuv arafasida Lutfulinning o‘zi ariza yozishga qaror qildi.

Hakamlar Boshqarmasi rahbari Toshkent derbisigacha O‘FFdan o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent derbisida ishlagan hakamlar brigadasi uchrashuv natijasiga bevosita ta’sir o‘tkazgan xatolarga yo‘l qo‘ydi. Bunda qanot hakami Doniyor Saylovov asosiy rolni o‘ynab berdi. Ya’ni, u bir marta to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tmagani holatida gol e’lon qildi. Keyinroq esa mezbonlarning ofsayddan urilgan golini hisobga oldi.

“Paxtakor”ning ketma-ket 3-o‘yinida hakamlar mojarosi. “Bunyodkor” ofsayddan urilgan gol evaziga mag‘lub etildi (video)

Mazkur mag‘lubiyat sabab “Bunyodkor” chempionlik uchun kurashdan rasman chiqib ketdi. “Paxtakor” esa ketma-ket ikki bahsli g‘alabalar sabab oltin medallar uchun kurashda qoldi.

Vaholanki, Oliy Liganing 24-turidan joy olgan “Paxtakor” — “Qo‘qon—1912” hakamlari deyarli shunday xatolar sabab mavsum yakuniga qadar futboldan chetlatilgandi. “Paxtakor”ga muhim g‘alaba keltirishda “katta xizmat ko‘rsatgan” hakamlar masalasi esa yopiqligicha qolmoqda.

Do‘ppisini ol desa... Qanot hakami xato qildi, O‘FF esa 4 hakam va nazoratchini futboldan chetlatdi

Xato qilgan hakamlar chetlashtirilmayotganiga Noil Lutfullinning ishdan ketgani sababmi yoki O‘FF hakamlar sonini yanada kamaytirmaslikka qaror qilganmi — aniq emas.