Fransiyaning “PSJ” va Germaniyaning “Bavariya” klublari Chempionlar Ligasi guruh bosqichini 4-turdan keyinoq muvaffaqiyatli yakunlab bo‘ldi. Endi ular oldindagi ikki tur davomida guruh yetakchisi kim bo‘lishi masalasiga oydinlik kiritishi kerak.
Mourinyo va “Yunayted” Chempionlar Ligasi guruh bosqichida muddatidan avval peshqadam bo‘lib ulgurdi
Katta ehtimol bilan peshqadamlik Unai Emeri boshchilik qilayotgan “PSJ”ga nasib qiladi. Parijliklar ketma-ket 4 ta o‘yinda yirik g‘alabalarni tantana qildi. Ular hozircha 17 ta gol urib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.4-turda Parijga Belgiyaning “Anderlext” klubi tashrif buyurib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tomonlarning birinchi to‘qnashuvida 4:0 hisobi qayd etilgandi. Takroriy bellashuvda Leyvin Kyurzava xet-trik qayd etishning uddasidan chiqa oldi.
Yupp Xaynkesning “Bavariya”si esa mutaxassis kelganidan buyon yo‘qotishlarsiz seriyasini davom ettirdi. Shotlandiyaning “Seltik” klubini Myunxenda 3:0 hisobi bilan taslim qilgan Bundesliga yetakchisi, javob bellashuvida qiyin g‘alabaga ega chiqdi — 2:1.
Xaynkes tashrifidan keyin “Bavariya” Germaniya chempionatida ketma-ket uch o‘yinda zafar quchdi. Chempionlar Ligasida 2 ta o‘yinda yutdi va mamlakat kubogida asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan “Leyptsig”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi.
“PSJ” va “Bavariya”ning Parijdagi to‘qnashuvida mezbonlar 3:0 hisobida yutgandi. Myunxendagi javob o‘yini 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)