Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilishda mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining 10-uchrashuvida qatnashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Trend

Foto: Trend

Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha mintaqaviy idorasi delegatsiyalari Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Narkotiklar, yangi psixoaktiv moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish, noqonuniy moliyaviy oqimlar va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralari ko‘rib chiqildi. Giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazining barqaror faoliyatiga asosiy e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra deklaratsiya qabul qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Muhandislar xatoligi” — bolalar ustiga qulagan basseyn tomi, Moskvada uchuvchilar aybi bilan halokatga uchragan samolyot, sovet—fin urushining yakunlanishi. Kun x...
Mahalliy
Qo‘qonda voyaga yetmagan qiz xonadondan 1,5 mln so‘mlik tilla uzuk o‘g‘irladi
Sport
Lionel Messi mundialdagi gollar bo‘yicha Maradonaga yetib oldi. Argentinaliklardan faqat bir futbolchi undan oldinda