Sizning yashirin mahoratlaringiz orzuingizga yaqinlashishga yordam berishi mumkin. O‘zingizning kuchli tomonlaringizni topish uchun, to‘rtta savolga javob bering.

Foto: “Constructorus.ru”

  1. Biron-bir muvaffaqiyatga erishishda qaysi mahoratlaringiz yordam berdi?

Balki siz bolalikda yoki talabalikda qaysidir foydali malakalarni o‘stirishingizga to‘g‘ri kelgandir?

Muvaffaqiyatli maslahatchi Skott Edinger kambag‘al oilada katta bo‘ldi, to‘qqiz yoshida esa ahvoli unchalik yaxshi bo‘lmagan boshqa bir oila tomonidan asrab olindi. Hayotiy sharoitlar uni muomala, nizolarni hal qilish, odamlarni ishontirish va ularning ruhiyatini tushunish mahoratlarini o‘stirishga majbur qildi.

Universitetda u o‘zaro fikr almashish bilan bog‘liq bo‘lgan malakalarini charxladi. Yuzlab debatlarda qatnashgan Edinger qatnashuvchilarning eng yaxshi beshligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada u kommunikatsiya va ritorika sohasida ilmay darajani qo‘lga kiritdi.

Universitetni tamomlagandan so‘ng u AQSh dagi yirik kompaniyalardan birida ikkinchi raqamli sotuvchiga aylandi va sotish masalalarida boshqa tashkilotlarga ham maslahatlar bera boshladi.

  1. Sizga nima kuch bag‘ishlaydi?

Sizga o‘zingizni kuchli, quvvatli va yangi ishlar qilishga tayyor his qilishga nima majbur qilishi haqida o‘ylab ko‘ring. Bu sizga kuchli tomonlaringizni aniqlashga yordam beradi.

Aynan qaysi mashg‘ulotlar sizga kuch bag‘ishlashini aniqlash yordamida siz kelajakda ko‘plab muammolarni hal qila olishingiz mumkin.

  1. Bolaligingizda siz boshqa bolalardan nimangiz bilan ajralib turar edingiz?

Bolalikda biz o‘zimizga yoqqan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanamiz. Agar siz bolalikdagi qiziqishlaringizni eslasangiz, balki o‘zingizdagi yashirin qobiliyatlaringizni aniqlay olishingiz mumkin.

  1. Siz qanday maqtovlarni e’tiborsiz qoldirishni ma’qul ko‘rasiz?

Ko‘pincha biz o‘zimizning kuchli tomonlarimizni payqamaymiz. Agar siz bironta ishni yaxshi bajarishga odatlangan bo‘lsangiz, unda buni payqamaslik  va o‘z malakasiga unchalik e’tibor qilmaslik juda oson.

Shuning uchun odatda siz e’tiborsiz qoldiradigan maqtovlarni nazarga oling.

Agar siz biron narsani osonlik bilan bajarsangiz, bu hammaning ham shunday qobiliyati bor degani emas.

Rezyumengizni qaytadan ko‘rib chiqing: balki sizni boshqa xodimlardan ajratib turuvchi mahoratingizga e’tibor bermagandirsiz.

Manba: “Layfxaker”