Qrimning Simferopol shahrida istiqomat qiluvchi Olga Chadova o‘g‘lini NUJ (noma’lum uchar jism) o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi. U sirli obyekt olovlarini osmonda ko‘rdi, ana o‘shanda farzandi ham g‘oyib bo‘ldi, deb xabar beradi “Argumenti nedeli” nashri.
10 yoshli bola 26-oktabr kuni uydan chiqib ketgan edi. Onasi politsiyada yerda o‘g‘lining qo‘lqopini, osmonda esa “uchar kema olovlari”ni ko‘rganini ma’lum qildi. Ammo huquq-tartibot organlari uning arizasini qabul qilmadi, negaki u payti ayol mast edi.
Bola hozir qayerda ekani noma’lum. Politsiya xodimlari uni qidirishda davom etmoqda.
Izoh (0)