Mavsum avvalida Ueyn Runini safiga qo‘shib olgan “Everton” xavfli zonaga tushib qoldi. Jamoa 10 turdan keyin bor-yo‘g‘i 18-o‘rinni egallab turibdi.
Muvaffaqiyatsiz start sabab Ronald Kumanni iste’foga chiqargan “Everton” kecha — 29-oktabr kuni “Lester” maydoniga tashrif buyurib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur g‘alaba “Lester”ni turnir jadvalida 11-o‘ringa olib chiqdi.
Bungacha “Lester” ham bosh murabbiy Kreyg Shekspirni iste’foga chiqargan bo‘lib, vaqtincha bosh murabbiy Maykl Epplton boshqaruvida ikki g‘alabaga erishgandi. Shundan keyin rahbariyat “Monako” afsonalaridan biri Klod Pyuelni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. Ko‘rinib turibdiki, fransiyalik mutaxassisning “Lester”dagi debyuti muvaffaqiyatli chiqdi.
“Monako” afsonalaridan biri Klod Pyuel Ranyeri cho‘qqiga olib chiqqan “Lester”ga bosh murabbiy bo‘ldi
Angliya Premer-Ligasi 10-tur bellashuvlari 29-oktabr, yakshanba“Brayton” — “Sautgempton” 1:1
Gollar: Stiven Devis, 7 (0:1). Glenn Myurrey, 52 (1:1).“Lester” — “Everton” 2:0
Gollar: Jeymi Vardi, 18 (1:0). Demarey Grey, 29 (2:0).30-oktabr, dushanba“Byornli” — “Nyukasl” — 01:00
Izoh (0)