Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya bo‘yicha jangovar nuqtai nazarini rasman qo‘llab-quvvatlamoqchi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Muqaddam Tramp KXDR masalasini harbiy yo‘l bilan hal qilish borasida bir necha marotaba bayonot bergan edi.
“Barcha variantlar stolim ustida turibdi, ular ichida harbiysi ham bor”, — degan edi u bayonotlaridan birida.
Aytilishicha, noyabr oyining boshida Tramp bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Abe uning pozitsiyasini rasman qo‘llab-quvvatlaydi.
Izoh (0)