IShID terrorchi guruhi jangarilari Iroqning al-Qoim shahridagi marralarini tashlab, Suriyaga shoshilinch tarzda o‘tib ketmoqda. Bu haqda, Iroq razvedkasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Al-Qoim Suriya chegarasida joylashgan. Aytilishicha, IShID terrorchilari qurollarini tashlab, tartibsiz tarzda qo‘shni davlatga chiqib ketmoqda. Ularning ko‘pchiligi Suriyadagi Bu Kamol aholi yashash punktida joylashayotgan ma’lum.
AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya havo kuchlari amalga oshirgan aviazarbalar natijasida guruh dala komandirlarining ko‘pchiligi halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng oddiy jangarilar chekina boshladi.
Al-Qoimni ozod qilish operatsiyasi uch kun davom etib, uning davomida 75 nafar jangari o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)