“Makdonalds” fast-fud tarmog‘i restoranlari Xitoyda Jingongmen deb ataldi. Xitoy tilidan bu “tilla arkalar” deb tarjima qilinadi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
CNN telekanaliga ko‘ra, ovqatlar nomi o‘zgarmagan. Kompaniyaning Shanxaydagi vakolatxonasi ko‘ra, o‘zgarish faqat XXRda ro‘yxatdan o‘tgan korxona nomiga oid bo‘lib, brend o‘zgarishsiz qoladi.
Yil boshida kompaniya Xitoydagi biznesining 80 foizi 2,08 milliard dollar evaziga Citic va Carlyle Group kompaniyalariga sotishi ma’lum bo‘lgan edi. Citic 52 foiz aksiyalarni xarid qiladi, Carlyle va “Makdonalds”ga esa 28 va 20 foiz aksiya tegishli bo‘ladi.
Izoh (0)