Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanidagi yong‘in bartaraf etilgani va olov ichida qolib ketgan shaxs qutqarilganini ma’lum qildi.
“23-oktabr kuni soat 13:06 da Toshkent shahar IIBB KVBMga Yunusobod tumani 2-dahasi 23-uy 48-xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tushdi”, — deyiladi xabarnomada.
Yong‘in sodir bo‘lgan manzilga ikkita asosiy yong‘in o‘chirish bo‘linmalari va bitta maxsus avtonarvon yuborildi.
Birinchi jangovar bo‘linmalar yong‘in sodir bo‘lgan manzilga soat 13:10 da yetib borgan vaqtda chaqirilgan manzildagi 48 xonadondan qora tutun chiqayotganligi va uy egasi xonadonda qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi.
Navbatchi smena shaxsiy tarkibi tomonidan 1950-yilda tug‘ilgan fuqaro Safarov Georgiy Vartanovich qutqarilib, unga yong‘in joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xizmati xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Yong‘in natijasida xonadon yotoqxonasida o‘rin-ko‘rpalar 2 kavdrat metr maydonda yongan.
Mazkur yong‘in mast holda sigareta chekish oqibatida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)