Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

31 yoshli qo‘shiqchi Ledi Gaganing Perudagi Madam Tyusso muzeyiga joylashtirilgan mum haykali uning muxlislarini qo‘rqitib yubordi, deb yozadi “7mednews.ru”.

Foto: “7mednews.ru”

Foto: “7mednews.ru”

“Shoh asar”ni muzey tashrifchilaridan biri suratga olib, Twitter’ga joyladi. Foydalanuvchilar esa bu mum qo‘g‘irchoq muallifini tanqid ostiga oldi.

Aksariyat mum haykal Donatella Versache, Iggi Pop, hatto Garri Potter asaridagi elf Dobbiga o‘xshasa o‘xshabdiki, Ledi Gagaga zarracha ham o‘xshamagan, degan xulosaga keldi.

Foto: “7mednews.ru”

Foto: “7mednews.ru”

Haykal Ledi Gaganing 2010-yil MTV Video Awards marosimiga kelgan qiyofasini eslatishi kerak edi. O‘shanda xonanda go‘shtdan tikilgan libosda, go‘shtdan ishlangan sumkacha va go‘shtli “shlyapa”da namoyon bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)