Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AdMe ixtiro qilinganida “mutlaqo foydasiz” deya atalgan buyumlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

“Paravozlarni iblis boshqaradi”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Dastlab paravozlar paydo bo‘lganida ushbu “o‘ziyurar maxluq”ni iblis boshqaradi degan tushuncha bo‘lgan. Shifokorlar esa soatiga 40 kilometr tezlikda harakatlanishni inson sog‘ligiga zarar deya hisoblashgan.

“O‘zgaruvchan tok hech kimga kerak emas”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Tomas Edisonning o‘zgarmas toki bilan Nikola Teslaning o‘zgaruvchan toki o‘rtasidagi kurash tarixdan “Toklar jangi” deya o‘rin olgan. Natijada o‘zgaruvchan tok mutlaq g‘alabaga erishgan.

“Lampochkalar foydasiz”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

AQShdagi Stivenson texnologiya institutining olimlaridan biri ushbu turdagi lampalarni “qiziq emas va ilm-fan insonlari uchun foydasiz” deya hisoblagan. Bunday “foydasiz” lampalardan biri 1901-yildan buyon Kaliforniyadagi Livermor shahrida hozirga qadar yonib turadi.

“Vaksinalar sog‘lik uchun zararli”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Chechakdan azob chekasizmi? Biz ham yo‘q. Ilm-fanga rahmat! Shu turdagi ko‘plab kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan emlanishni ayrim fuqarolar hamon zararli deya hisoblaydi.

“Televideniye tezda jonga tegadi”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Televideniyening mashhurlikka erishishiga nafaqat oddiy odamlar, balki “radio otasi” Li de Forest kabi ixtirochilar ham ishonmagan. Ko‘rib turganingizdek ular mutlaqo xato o‘ylashgan.

“Kosmik kema parvozni amalga oshira olmaydi”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yana Li de Forestni yodga olmaslikning iloji yo‘q. U “ Yer atmosferasidan tashqariga chiqadigan kosmik kemalarning kelajagiga ishonmayman”, degan edi. Bilamizki, Yuriy Gagarin “Vostok-1” kemasida Yer orbitasini aylanib chiqqan, hozirda esa Ilon Mask kabilar Marsga parvoz qilishni rejalashtirmoqda.

“Shaxsiy kompyuter? Kimga kerak”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

1949-yilda Manchester kichik eksperemental mashinasi ixtiro qilingach, “kompyuter texnologiyasi erishishi mumkin bo‘lgan chegaraga yetib keldi”, deya e’lon qilingandi. Shuningdek, kompyuter kompaniyasining rahbari Ken Olsen 1977-yilda “Kimdir uyida shaxsiy kompyuteri bo‘lishini xohlashiga ishonmayman”, degan edi.

“Mobil telefonlarni sotib olishmaydi”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“U hech qachon statsionar telefonlar o‘rnini egallay olmaydi. Agarda u bizning hayotligimizda amalga oshgudek bo‘lsa ham, juda qimmatga tushadi”, — deyishgan edi mobil telefonlar haqida.

“iPad’ning hech kimga qizig‘i yo‘q”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Simpson Carpenter kompaniyasi iPad’ni “ommaviy xaridorlarni o‘ziga jalb qila olmaydi” deya hisoblagan. Biroq 18 oydan so‘ng ushbu qurilmadan 30 million dona sotilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi