Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Oktabr inqilobining 100 yilligiga bag‘ishlangan hech qanday tadbirlar rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Buning nimasini bayram qilish kerak, tushunmayman”, — qo‘shimcha qildi Peskov.
1917-yilning 25-oktabr kuni (yangi taqvim bo‘yicha 7-noyabr) Rossiyada qurolli to‘ntarish amalga oshirildi. U SSSR tarixida “Buyuk Oktabr sotsialistik inqilobi” nomini oldi.
O‘sha yilning sentabr oyida Rossiyada imperiya tugatilib, respublika e’lon qilingan edi. Ammo saylovda va boshqa siyosiy jarayonlarda katta muvaffaqiyatga erisha olmagan bolsheviklar partiyasi qurolli to‘ntarish yo‘li bilan hokimiyatni egalladi va dunyodagi eng yirik sotsialistik davlatni yaratdi.
Izoh (0)