Qozog‘iston milliy banki “Qozog‘iston tasviriy san’ati” seriyasi doirasida “Ibray Oltinsarin” xotira tangalarini chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
500 tenge nominalli tangalar kumushdan zarb etilgan bo‘lib, ularning o‘ziga xosligi shaklidadir.
Tangalar to‘rtburchak shaklga ega. Ularning dizaynida mozaykali pannodan foydalanildi. Ushbu panno mamlakatda xizmat ko‘rsatgan san’at xodimi, haykaltaron Vladimir Tverdoxlebov rahbarligida rassom-monumentalist Yuriy Funkorineo ishtirokida tayyorlangan.
Xotira tangalari kolleksionerlarga mo‘ljallangan. Ular sifat sertifikati raqami ko‘rsatilgan esdalik qadog‘ida chiqarilmoqda.
Izoh (0)