Italiya milliy terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffonni FIFA 2017-yilning eng yaxshi posboni sifatida tan oldi va uni The Best sovrini bilan taqdirladi.
Krishtianu Ronaldu qatorasiga ikkinchi bor The Best Football Awards mukofotini qo‘lga kiritdi
Chempionlar Ligasida qatorasiga ikki bor zafar quchgan yagona murabbiy Zidan 2017-yilning eng yaxshisi bo‘ldi
39 yoshli Buffon bu borada “Real Madrid” posboni Keylor Navas hamda “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer bilan raqobat hosil qilgandi. Ovoz berishda qatnashganlar eng ko‘p bor Buffon nomini qayd etdi.Mazkur darvozabon Chempionlar Ligasining finaligacha jamoasi “Yuventus”ni olib keldi. Garchi u finalda “Real”dan 4 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, ovoz beruvchilar Buffonning finalgacha bo‘lgan qahramonliklari haqida unutmadi. Zero u guruh bosqichidagi jami 5 ta bellashuvda 2 tagina gol o‘tkazib yubordi. Keyinroq esa pley-offning 6 ta o‘yinida faqatgina 1 marta darvozasidan to‘p olib chiqdi.
Bu ko‘rsatkichlaridan keyin Buffonning “Oltin to‘p” va The Best uchun kurashishi ham tahmin qilingandi. Biroq unga “Yuventus”ning finalda mag‘lub bo‘lgani halal berib qoldi.
Izoh (0)