Iroq Kurdiston Markaziy saylov komissiyasi parlament va prezident saylovlari 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, mahalliy partiyalara yetarli miqdorda nomzodlar taqdim etmagan, shu bois saylovlar ortga suriladi.
MSK rahbari Xindrean Muhammad mavjud vaziyatni parlament ko‘rib chiqib, saylovning yangi sanasini belgilashini bildirdi.
25-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda Kurdiston saylovchilarining ko‘pchiligi mustaqillikni yoqlab ovoz berganidan so‘ng muxtoriyat o‘z mustaqil parlamenti va hukumatini shakllantirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)