AQShning Goldman Sachs banki Natita yaxtasiga xaridor topdi. Avgust oyida ushbu yaxta amerikalik neft magnati Uilyam Kallopdan qarzlari evaziga tortib olingan edi, deb xabar beradi “Kommersant.uz”.
Kallop yaxtani rossiyalik milliarder Alisher Usmonovdan 59,9 million dollarga xarid qilgan edi.
Natita kruiz yaxtasi 2005-yili Niderlandiyada Oceanco firmasi tomonidan qurilgan edi. Usmonov yaxtaga onasining ismini berib, Dilbar deb atagan edi, lekin keyinchalik uning ismi Natita’ga o‘zgartirildi.
Xaridorning ismi ma’lum qilinmayapti, ammo u Maltada yashashi ma’lum. Bank xaridorga katta chegirma taklif qilishiga to‘g‘ri keldi — qariyb 60 million dollar turadigan yaxta 27,5 million dollarga sotildi. Bu Kallopning Goldman Sachs krediti bo‘yicha 28 million dollarlik qarzini yopishga yetadi.
Izoh (0)