20-noyabr kuni Rossiyaning Istra shahrida ikki yuk mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
11-batalyon komandiri Roman Zmeyevskiy bergan ma’lumotga ko‘ra, DAF va “KamAZ” mashinalari to‘qnashib ketgan.
To‘qnashuv oqibatida Kaluga viloyatining 60 yoshli fuqarosi voqea joyida halok bo‘ldi, “KamAZ” haydovchisi — 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Izoh (0)