“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasida zafar quchgach, Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ingliz klublarining soni 5 taga yetdi.
APL jamoalari musobaqa finaliga 2012-yildan buyon chiqa olmaydi. O‘sha mavsum Londonning “Chelsi” klubi hal qiluvchi o‘yinda “Bavariya”ni yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi. Navbatdagi 5 ta final esa Albion jamoalarisiz o‘tdi.
Joriy mavsumda ingliz klublarining ishtahasi “karnay”. Guruh bosqichining 3-turi yakunlariga ko‘ra, APLning barcha klubi o‘z zonasida peshqadam bo‘lib turibdi. Birgina “Tottenhem” guruhida vaziyat biroz chigal. Bunda “shporlar” Madrid yetakchisi bilan bir xil ko‘rsatkichga ega. O‘zaro o‘yin durang bilan Ispaniya poytaxtida yakuniga yetgani inobatga olinsa, ustunlik London klubida ekanini ko‘rish mumkin.
Manchester yetakchilari ichki chempionatda bo‘lgani kabi, xalqaro maydonda ham dahshatli start olib, har uchala turda muvaffaqiyat qozona oldi. Bleacher Report nashri mavjud vaziyatdan kelib chiqib, o‘z karikaturasini e’lon qildi.
Izoh (0)