“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot” ko‘rsatuvida Navoiy viloyati Karmana tumanidagi infratuzilma muammolari haqida tanqidiy lavha efirga uzatildi.
Mazkur lavhada tumandagi yo‘llarning nosozligi, jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yilmagani va aholini qiynayotgan yana bir qancha muammolar aytib o‘tildi. Tumandagi “Kumushkon” mahallasida maktab va mahalla idorasining bitta binoda joylashgani, hududda guzar, maishiy xizmat ko‘rsatish uylari hamda dorixona yo‘qligi aholiga noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.
Izoh (0)