Kosmonavt Sergey Ryazanskiy baliq ovlovchi kemalarning Xalqaro kosmik stansiyadan olingan suratlarini o‘zining Twitter’dagi sahifasiga joyladi, deb yozmoqda TJournal. Fazogir bu manzarani yulduzli osmonga taqqoslagan.
“Tunda bulutlar orasidan nafaqat yulduzlarni balki, Yaponiya atrofidagi baliq ovlovchi kemalarni ham suratga olish mumkin”, — deya izoh bergan Sergey Ryazanskiy.
Yorqin olovlar baliqlar va kalmarlarni jalb qilishga yordam beradi.
Izoh (0)