BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid al-Maqtum vazirlar mahkamasiga yangi shaxslar tayinlanishini xabar qildi. Xususan, uning so‘zlariga qaraganda, tarixda birinchi marta sun’iy ongni rivojlantirish bo‘yicha davlat vaziri tayinlanadi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ushbu lavozimni 27 yoshli Umar bin Sulton egallaydi.
“Yangi hukumat — yangi fuqarolar hukumatidir. Bilimni rivojlantirish yo‘lida. Tadqiqotlar va fanni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida”, — deb yozdi bosh vazir Twitter’dagi sahifasida.
Shu hafta u BAAda sun’iy ongni rivojlantirish strategiyasi boshlanishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)