Xitoylik investorlar Ukrainaga Kiyevdagi metroning yangi yo‘nalishini qurish uchun kredit taqdim etadi. Yangi yo‘nalish Troyeshchina tumanini shaharning markazi bilan bog‘laydi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard dollarga baholanmoqda. Xitoy tomoni bu mablag‘ning 85 foizini o‘z zimmasiga oladi.
Ukraina bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy rivojlanish vaziri Stepan Kubiv muzokaralar ijobiy yakunlanganini, yaqinda ishlar boshlanishini xabar qildi. Unga ko‘ra, yangi, to‘rtinchi yo‘nalish 13 stansiyadan iborat bo‘ladi, uning uzunligi 18 kilometrni tashkil etadi.
Troyeshchinaga boradigan metro yo‘nalishining qurilishi o‘tgan asrning 70-yillaridan buyon rejalashtirib kelinadi, ammo mablag‘ yetishmovchiligi bois shu paytgacha loyiha amalga oshirilmagan.
Izoh (0)