Isroi Suriya orqali Livanga Eron qurol-yarog‘ining yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Avigdor Liberman Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan Tel-Avivda o‘tgan uchrashuvda bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.
“Biz Suriyaning ichki ishlariga aralashmaymiz, ammo Eron va ‘Hizbulloh’ Suriyani Isroilga qarshi forpostga aylantirishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi u.
Shuningdek, Tel-Avivga safari doirasida Shoygu Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)