O‘zbekiston, Turkmaniston va Vanuatu Parlamentlararo ittifoqning yangi a’zolariga aylandi. Yaqin vaqt orasida ittifoqqa ikkita kuzatuvchi davlat — Marshall orollari va Sent-Lyusiya qo‘shiladi. Bu haqda tashkilot raisi Saber Choudxuri bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.uz”.
Shu tariqa, tashkilotga a’zo davlatlar soni 176 ga yetdi.
Parlamentlararo ittifoq rahbari tashkilot BMTning parlament o‘lchamiga aylanib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.
“Oxirgi uch yildi ittifoqqa o‘n yangi a’zo qo‘shildi. Bu tashkilot nufuzining ortayotganini, jahonda parlamentlararo diplomatiya o‘rni o‘sayotganini ko‘rsatadi. Ittifoqni kengaytirish jarayoni davom ettiriladi”, — dedi Choudxuri.
Izoh (0)