Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Primorye o‘lkasida ro‘y bergan, ikki nafar o‘zbekistonlikning halokatiga sabab bo‘lgan YTH yuzasidan bayonot berdi. Bayonot matni TIV rasmiy saytida keltirildi.

Foto: “Ren TV”

Foto: “Ren TV”

“OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil 12-oktabr kuni Vladivostok shahrida avtohalokat natijasida ikki O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan”, — deyiladi bayonotda.

Aytilishicha, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulligi batafsil ma‘lumot uchun Primorye o‘lkasining tegishli tuzilmalari bilan aloqalarni o‘rnatgan va ushbu masalani nazorat ostida olgan.

Ilgari xabar qilinganidek, Vladivostok shahridagi “Sedanka” dam olish markazi yaqinida  shahar tashqarisiga qarab harakatlanayotgan Toyota Fielder avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yon tomoni bilan beton ustunga borib urilgan. Zarba kuchliligidan mashina ustun atrofiga “o‘ralib qolgan”.

To‘qnashuv natijasida ikki kishi — haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchi halok bo‘lgan. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan uchinchi kishi kasalxonaga yotqizildi, uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Halok bo‘lganlarning ikkisi ham O‘zbekiston fuqarolaridir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi