AQSh BMTning ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti — YuNЕSKO tarkibidan chiqadi. Bu haqda “TASS” xabar qildi.
Davlat departamenti matbuot kotibi Xezer Nauertning 12-oktabr kuni tarqatilgan bayonotida aytilishicha, qaror 2018-yil 31-dekabrda kuchga kiradi.
“2017-yil 12-oktabrda Davlat departamenti YuNЕSKO bosh direktori Irina Bokovani AQSh tashkilotdan chiqib, YuNЕSKOda doimiy kuzatuvchilar missiyasini tuzish niyatidan boxabar qildi”, — deyiladi bayonotda.
Nauert qaror oson qabul qilinmaganini, u AQSh YuNЕSKOning qarzlari oshib borayotganidan xavotirdaligini, shuningdek, tashkilotda tub islohotlar o‘tkazish va u yerdagi “Isroilga nisbatan noxolislikka” barham berish zarurligidan kelib chiqqanini ta’kidlab o‘tdi.