Kontinental Xokkey Ligasida O‘zbekiston jamoasi paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Olamsport” Rossiya matbuotiga tayanib xabar berdi.
Shu yilning yanvar oyi Toshkentda “Xumo Arena” muz saroyining qurilishi boshlangandi. Rejaga ko‘ra, saroy 2018-yilning kuz oyida foydalanishga topshirilishi mumkin. Bu esa “Binokor” xokkey klubining to‘liq tiklanishiga sabab bo‘ladi.
12 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Xumo Arena”da uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Binokor”, 2019-yil KXL a’zosiga aylansa, 7 mamlakatning 27 xokkey klublariga qarshi shayba surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
KXLda 7 mamlakat klublari bor: Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Latviya, Xitoy, Finlyandiya, Slovakiya. Yil yakunlariga ko‘ra, 27 ta klubdan 3 tasi ligani tark etadi.
“Binokor” xokkey klubini katta ehtimol bilan Eriell kompaniyasi moliyalashtirishi mumkin, deyiladi xabarda.
Toshkentning “Binokor” xokkey klubi 1973—1988-yillarda Sobiq Ittifoq chempionatining Birinchi Ligasida ishtirok etgan.
Izoh (0)